Sport | 17:25 / 11.09.2015
1771
1 daqiqa o‘qiladi

Rim 2024 yilgi yozgi Olimpiadaga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi

Rim shahri Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga 2024 yilgi yozgi Olimpiadani o‘zida qabul qilish maqsadida rasmiy ariza jo‘natdi.

AR nashrida xabar qilinishicha, ushbu ariza 11 sentabr kuni Rim shahri meri Inyatsio Marino, tashkiliy qo‘mita boshlig‘i Luka di Montedzemolo va Italiya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Jovanni Malago tomonidan imzolangan.

O‘tgan haftada Olimpiada-2024 mezbonligi uchun Germaniyaning Gamburg shahri ham da'vogarlik qilishi ma'lum bo‘lgandi.

Bundan tashqari, 2024 yilgi yozgi olimpiadani o‘zida o‘tkazish istagi bilan Parij, Toronto, Los-Anjyeles va Budapesht shaharlari ham murojaat qilishgan.

2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 2015 yilning 15 sentabrida ma'lum qilinadi, mezbon davlat nomi esa 2017 yilda e'lon qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish