Jahon | 19:48 / 12.09.2015
7238
1 daqiqa o‘qiladi
Kemeron mikrofon yoqiqligidan bexabar holda Yorkshir grafligi aholisini haqoratladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron matbuot anjumani vaqtida noqulay ahvolga tushib qoldi.
Xabar berilishicha, ushbu siyosatchi mikrofon yoqiqligidan bexabar holda Yorkshir aholisi haqida ular "nafaqat atrofdagilarni, balki bir-birlarini ham yomon ko‘rishi" haqida gapirgan.
Bu voqea mahalliy jurnalistlardan birining Yorkshirda o‘zini o‘zi boshqaruv tizimi yanada kuchayishi ehtimoli haqida savol berganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Natijada uning bu fikrlarini hamma eshitib qoldi.
Biroz vaqt o‘tgach, Kemeron bu xatosini yumshatishga urinib, bu bor-yo‘g‘i bir hazil ekani, aslida yorkshirliklarni bunday odamlar sifatida hisoblamasiligini bildirgan.