O‘zbekiston | 15:54 / 12.09.2015
6550
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV: Makkadagi baxtsiz voqea tufayli halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2015 yilning 11 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:10da Makka shahridagi «Haram» masjidida qurilish kranining qulab tushishi oqibatida yuz bergan fojiali hodisa qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma'lum qildi.

Bundan oldinroq, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati ham Makka shahrida yuz bergan baxtsiz voqea vaqtida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabr ko‘rmagani haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 11 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Al-Harom masjidi ustiga hududda davom etayotgan kuchli shamol tufayli qurilish krani qulab tushdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu fojia oqibatida 107 kishi halok bo‘lgan va 238 kishi jarohatlangan.

11 sentabr holatiga ko‘ra Makka shahrida hozir bo‘lib turgan 2683 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi mavjud. Ziyoratchilarning asosiy qismi tabiiy ofat vaqtida mehmonxonada bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish