Sport | 20:22 / 13.09.2015
4409
2 daqiqa o‘qiladi

Floyd Meyvezer: mening faoliyatim tugadi

AQShlik mashhur bokschi Floyd Meyvezer Andre Bretoga qarshi o‘tkazgan jangi faoliyatidagi oxirgi jangi ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

“Mening faoliyatim poyoniga yetdi. Har doim qachon to‘xtash kerakligini bilish kerak. Hozir buni men ham qilishim vaqti keldi.

Men boksda 19 yil o‘tkazdim va undan 18 yili davomida chempion bo‘ldim, shuning uchun men kimgadir yana nimanidir isbotlashimga hojat qolmadi.

Men o‘zimni moliyaviy tomondan yaxshi his qilmoqdaman va hozir men ajoyib sog‘liqqa egaman. O‘zimning tarixdagi o‘rnim haqida gapirishni istamayman, buni boks muxlislari muhokama qila qolishsin.

Biroq mening rekordlarimdan kimdir qachondir o‘tib ketishini ko‘rishga sabrim chidamyapti”, deb aytmoqda bokschi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Meyvezerga 12 sentabrda Andre Bretoga o‘tkazgan o‘z faoliyatidagi 49- va oxirgi jangi uchun 32 mln dollar, uning raqibiga esa 4 mln dollar va'da qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish