O‘zbekiston | 18:30 / 13.09.2015
2616
1 daqiqa o‘qiladi

Varshavada O‘zbekiston va Polsha siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi o‘tkazildi

2015 yilning 10-12 sentabr kuni Polsha poytaxti Varshavada O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasi Polsha bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Yanush Pexochinski, Polsha prezidenti ma'muriyati qoshidagi xalqaro masalalar bo‘yicha vazir Kshishtof SHCHcherski, parlament (Seym) spikeri o‘rinbosari Yeji Venderlix va iqtisod vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston-Polsha iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha hukumatlaraor komissiya vakili Grajinoy Xentslevska bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston TIV ma'lumotiga ko‘ra, muzokaralarda o‘zaro munosabatlar va tashabbuslar doirasidagi yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish