Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:53 / 14.09.2015
4551
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Suriyada Rossiya tanklari borligini aytmoqda
Rossiya qo‘shinlari Suriyaga tanklar tashlagan, deb 14 sentabr kuni Vashingtondagi ikki nafar yuqori lavozimli mansabdor shaxslarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Latakiya aerodromi yaqinida Rossiya artilleriyasi va yettita T-90 tanki joylashgan.
Avvalroq Pentagon Rossiya Suriyaga transport samolyotlari va tanish belgisi bo‘lmagan qurolli otryadlar yuborganini ma'lum qilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish