Sport | 09:07 / 14.09.2015
2584
2 daqiqa o‘qiladi

"Inter" Guarinning goli evaziga "Milan derbisi"da g‘alaba qozondi

Italiya A seriyasining 3-turidan o‘rin olgan "Inter" hamda "Milan" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbon maqomidagi "nerazzurri"lar ustun kelishdi.

Yagona gol 58-daqiqada Guarin tomonidan urildi. Ushbu gol jamoaga amalda uch ochko taqdim etish bilan birgalikda, "Inter"ning g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Ayni vaqtda jamoa 3 o‘yinda 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, "Inter" mavsumni 2002 yildan beri bunday muvaffaqiyatli boshlamagandi. 13 yil oldin Ektor Kuper boshqaruvidagi jamoa mavsumning ilk 4 turida qatorasiga g‘alaba qozongan va o‘sha mavsum yakunida kumush medallarga ega chiqqandi.

Joriy mavsumni Roberto Manchini murabbiyligida boshlagan jamoa avvalgi turlarda "Atalanta" (1:0) va "Karpi" (2:1) jamoalarini mag‘lub etgandi. "Inter" keyingi o‘yinni safarda "Kevo"ga qarshi o‘tkazadi.

Qayd etish kerakki, 13 sentabr oqshomida o‘tkazilgan derbida "Milan" tarkibida Mario Balotelli zaxiradan maydonga tushib, faol ravishda harakat qildi.

Italiya A seriyasi, 3-tur
Inter – Milan 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 58 Guarin.
Inter – Xandanovich, Santon, Medel, Murilo, Jyezus (Telles, 68), Guarin, Melo, Kondogbia, Perishich (Ranokkiya, 85), Ikardi, Yovetich (Palasio, 72).
Milan – Lopes, Abate, Sapata, Romanoli, De Shilo, Kutska (Poli, 72), Montolivo, Bonaventura, Xonda (Cherchi, 81), Luis Adriano, Bakka (Balotelli, 62).
Ogohlantirishlar: Abate (22), Jyezus (37), Xonda (42), Melo (63), Kutska (66).