Jahon | 16:41 / 14.09.2015
4393
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Tojikistondagi otishmalarda tashqi kuchlarni aybladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 4 sentabr kuni Tojikistonda bo‘lib o‘tgan otishmalar va hujumlarda tashqi kuchlarning ta'siri borligini ma'lum qildi. Bu haqda u Dushanbeda bo‘lib o‘tgan tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan suhbat chog‘ida bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, 4 sentabr kuni mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzoda tarafdorlari bilan birga Dushanbe va Vahdatda harbiylar va militsiyachilarga qarshi bir qancha hujumlar uyushtirdi. Otishmalarda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.

“Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Tojikiston terrorchilik va ekstremizga qarshi kurash tig‘ida turibdi, - dedi Nazarboyev, bu voqealarga munosabat bildirar ekan. – 4 sentabr voqealari ham, ishonishimcha, tashqi ta'sirsiz bo‘lib o‘tmadi”.

Eslatib o‘tamiz, bugun ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish