Jamiyat | 15:35 / 14.09.2015
3100
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi moda haftasida bionik qo‘lga ega model ishtirok etadi

Nyu-Yorkda 13 sentabr kuni ochilgan modalar haftasida bionik qo‘lga ega model ishtirok etadi. Bu haqda Yahoo News xabar bermoqda.

Aytilishicha, 28 yoshli Rebeka Marin Nyu-Yorkda mashina sotish bilan shug‘ullanadi. U o‘ng qo‘lsiz dunyoga kelgan.

Shunga qaramay, u bolalikdan model bo‘lishni istagan. U ko‘p bora ko‘riklarga borishiga qaramay, doimiy ravishda rad javobini olgan.

Protezga o‘rnatilgan datchiklar bois Rebeka barmoqlarini qimirlata oladi, buning yordamida u yengil predmetlarni ushlab turishi, pichoq va sanchqidan foydalanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish