Iqtisodiyot | 17:10 / 14.09.2015
2654
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elektron tijoratni iqtisodiyot vazirligi rivojlantiradi

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi hukumat tomonidan elektron tijorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi deb topildi.

Aytilishicha, iqtisodiy idora endilikda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, markaziy bank, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddat ichida respublikada elektron tijorat tizimini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqishi talab etiladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 8 sentabrdagi qarorida aytildi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, yangi tartiblar o‘rnatilib, ularga ko‘ra eksportchilar O‘zbekiston banklariga mablag‘ o‘tkazishlari bilan o‘z mahsulotlarini ortiqcha hujjatlarsiz yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish