Jamiyat | 08:57 / 14.09.2015
2939
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Dushanbedagi KXShT sammiti doirasida Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni Tojikiston poytaxti Dushanbega yo‘l oladi. O‘zining ikki kunlik safari chog‘ida u Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida ishtirok etadi, shuningdek, tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Aytilishicha, uchrashuv chog‘ida birinchi darajali e'tibor terrorchilik va ekstremizm xavfiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlanadi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma'lum qilishicha, dushanba kuni kechki payt Tojikiston poytaxtida KXShTga a'zo davlatlar rahbarlarining norasmiy tushligi o‘tkaziladi, sammitning asosiy dasturi esa seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish