Jahon | 18:25 / 14.09.2015
2747
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi navbatdagi terakt tufayli o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

14 sentabr kuni Suriya hududida amalga oshirilgan ikkita terakt tufayli o‘nlab kishilar qurbon bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Agentlik manbasining aytishicha, bu portlashlar mamlakat sharqidagi Al-Xasak shahrida sodir etilgan.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, bu teraktlar shaharning 2 nuqtasida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalarning harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan.

Mahalliy manbalarda bu teraktlar qurbonlari soni kamida 30 nafarni tashkil qilgani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish