Fan-texnika | 18:37 / 14.09.2015
4193
1 daqiqa o‘qiladi

Xerox o‘zini yo‘q qilish funksiyasiga ega chip ishlab chiqdi

Xerox kompaniyasi Amerika ilg‘or mudofaa tadqiqotlari loyihalari agentiligining (DARPA) Wait, What? nomli Sent-Luisda o‘tgan tadbiri chog‘ida o‘zini yo‘q qilish funksiyasiga ega chipni taqdim etdi. Bu haqda pcworld.com nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, chip yuqori maxfiylik darajasiga ega bo‘lib, shishadan yasalgan va fotoelement bilan ta'minlangan. Bu element lazer nuri tegishi bilan shisha asosni 10 soniya ichida mayda bo‘laklarga bo‘lib yuboradi. Asos sifatida Gorilla Glass toblangan shishasi qo‘llangan. U smartfonlarning ekran himoyasida qo‘llanadi.