O‘zbekiston | 12:37 / 14.09.2015
6542
1 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘iz nafaqaxo‘rga qanday dorilar bepul beriladi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta'minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxati belgilangan. Ushbu ro‘yxat asosida nafaqa yoshidagi insonlarga ayrim turdagi dori vositalari bepul beriladi.

Ushbu ro‘yxatga quyidagi dorilar kirgan: antianginal, nootrop, balg‘am ko‘chiruvchi, qandli biabetga qarshi, safro haydovchi, periferik qon aylanishini yaxshilovchi, ich yumshatuvchi, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, zaharlanish va intoksikatsiyada beriladigan vositalar va h.k.
2015 yilda joriy ro‘yxat yanada kengaytirildi. Endilikda unga 8 nomlanishdagi yangi dori vositalari qo‘shildi: pentoeritritil, spirinolakton, piratsetam, pentoksiillin, emoksipin, ambroksol, glimeperid, finasterid.

Mazkur dori vositalari faqat o‘zgaralar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nafaqaxo‘rlar, urush nogironlari va qatnashchilari hamda urush mehnat fronti qatnashchilarini ta'minlash uchun mo‘ljallangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish