Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:55 / 15.09.2015
2436
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya Suriya hududida “IShID”ga qarshi aviazarbalar beradi
Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakat Harbiy-havo kuchlari samolyotlari tomonidan Suriya hududida “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi aviazarbalar berishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
“Biz Iroqdagi “IShID”ga qarshi koalitsiyaning bir qismi hisoblanamiz. Biz Suriyada agar zarur bo‘lsa avizarbalar berish imkoniyatini ko‘rish uchun razvedka parvozlarini boshladik”, deb aytdi Olland.
Olland “Suriyada aviazarbalar berish zarurligini” ta'kidlab o‘tdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish