Jamiyat | 22:02 / 15.09.2015
2882
1 daqiqa o‘qiladi

Gulistondagi choyxonalardan birida noma'lum shaxs tadbirkorga pichoq o‘qtalib, undan pul talab qildi

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida yashovchi fuqaroga choyxonada noma'lum shaxs pichoq o‘qtalib undan 1.000.000 so‘m pul talab qilgan.

Qo‘rqib choyxona hududidan tashqariga qochib chiqqan 1980 yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor zudlik bilan bu haqda tuman IIBga murojaat qildi. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari ushbu jinoyatni Sayxunobod tumanida yashovchi, 19 yoshli muqaddam sudlangan shaxs sodir etganligini aniqlab, uni qo‘lga olishdi.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish