Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madinani obodonlashtirishga 500 mlrd riyol sarflanadi
Saudiya Arabistonining Madina shahrini yanada kengaytirish va obodonlashtirishga qaratilgan loyihalarning umumiy qiymati 500 mlrd riyolni tashkil qilmoqda. Shahar hokimi shahzoda Faysal bin Salmonning ta'kidlashicha, loyihalar amalga oshirilishni boshlagan.
Shahar loyihalari ko‘rgazmasi va forumining ochilish marosimida chiqish qilar ekan, shahzoda Faysal qurilish o‘z tarkibiga Payg‘ambar masjidining kengaytirilishi, turli tibbiy muassasalarning barpo etilishi va xavfsizlik loyihalarini o‘z ichiga oladi. Kengaytirish dasturi qirol tomonidan tasdiqlangan.
Shahzoda o‘z chiqishida doimiy ravishda texnologik taraqqiyot bilan hisoblashib borish va shunga muvofiq infrastrukturaga o‘zgarishlar kiritib borish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.