Jahon | 18:23 / 15.09.2015
2287
1 daqiqa o‘qiladi

Sargsyan Armaniston va Ozarbayjon chegarasida beqarorlik mavjudligini ta'kidladi

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi beqarorlik mintaqa xavfsizligiga putur yetkazishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda Sargsyan, Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik tashkiloti Kengashi sessiyasidagi chiqishida aytib o‘tgan.

Armaniston rahbari Kollektiv xavfsizlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarini Janubiy Kavkaz mintaqasidagi vaziyat, aynan arman-ozar chegarasida oshib borayotgan keskin vaziyatdan xabardor qilgani va agar Ozarbayjon tomonining harakatiga xalqaro xamjamiyat munosabat bildirmasa, vaziyat og‘irlashishini ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish