Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universal Studios Pekinda dunyodagi eng katta ko‘ngilochar bog‘ quradi
Xitoy va AQSh Pekinda Universal Studios kinostudiyasining tematik bog‘ini qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar bermoqda China Daily nashri.
Ko‘ngilochar bog‘ kinostudiyaning dunyodagi 6- va Osiyodagi 3-bog‘i bo‘ladi. Uning maydoni 2 mln kvadrat metrni tashkil qiladi.
Bog‘ning yaratilishiga kiritiladigan investitsiya 8 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi, qurilish ikki davlat kuchlari hisobiga amalga oshiriladi.
Bog‘nining bezalishi va tematikasiga Xitoy madaniyati elementlari kiritiladi, bunda mashhur rejissyor Stiven Spilberg ham ishtirok etadi.
Bog‘ga borish oson bo‘lishi uchun Pekin metrosi yo‘nalishlaridan birida yangi stansiya barpo etiladi.