Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Erondan qurol-yarog‘ yetkazilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqladi
Suriya prezidenti Bashar Asad Eron haqiqatdan ham Suriyaga harbiy texnikalarni yetkazib berayotganini tasdiqlab, g‘arb ommaviy axborot vositalari “harbiy ko‘mak” tushunchasini noto‘g‘ri talqin etayotganini ma'lum qildi, deya xabar berdi “Interfaks” agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron Suriya hududiga harbiy bo‘linmalarni joylashtirayotgani yo‘q.
“Haqiqatdan ham, Suriya va Eron o‘rtasida harbiy mutaxassislar almashinuvi mavjud. Biroq bu almashinuv har doim bo‘lgan. Albatta, bu kabi ikki tomonlama hamkorlik urush sharoitlarida yanada faollashadi”, – dedi Asad.
Uning qayd etishicha, Eron harbiy ko‘magi Suriyaning urushdagi turg‘unligini mustahkamlaydi.