Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Suriya inqirozining ildizlari AQShning Iroqqa hamlasiga borib taqaladi
Suriyaning rasmiy rahbari Bashar Asad Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Rossiya TV, NTV, “Pervyy kanal”, RT telekanallari, “Rossiya segodnya”, TASS, Interfaks agentliklari, “Rossiyskaya gazeta” nashrlari bilan suhbat o‘tkazdi. U rossiyalik jurnalistlarni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob berdi.
Jurnalistlar savollariga javob berar ekan, u Suriya inqirozi ildizlarini Iroqdan qidirish lozimligini ta'kidladi.
“Har qanday davlat xato qiladi. Bu har kuni bo‘ladi. Ammo bu oddiy holatdir. Bu xatolar Suriyadagi vaziyatga olib kelishiga nima sabab? Bu mantiqiy eshitilmaydi.
Siz hayron qolarsiz balki, lekin Suriya inqirozi oldidan bo‘lgan voqealar ichida eng muhimi 2003 yilgi Iroq urushi bo‘ldi, u yerga AQSh bostirib kirgan edi”, - dedi u.
“Biz esa Iroqning qo‘shnilarimiz, - so‘zida davom etdi Bashar Asad. – Biz urush oqibatida Iroq qismlariga bo‘linib ketishini bilar edik. G‘arbda biz diniy qarashlarga ko‘ra bo‘lingan boshqa davlat – Livan bilan chegaradoshmiz.
Shu bois bu tendensiyalar Suriya hududiga ham ko‘chdi”. Shuningdek, Asad 2006 yilda IShID AQSh ko‘magida shakllanganini eslatib o‘tdi.