Jahon | 10:46 / 16.09.2015
2905
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya Suriyada IShID obektlariga zarba berishni boshladi

Avstraliya harbiy havo kuchlari Suriyada jangarilar nishonlariga aviazarbalar berishni boshladi, deya xabar bermoqda The Guardian.

“Ikki kun muqaddam Avstraliyaning Hornet qiruvchilari yuqori aniqlikdagi raketa yordamida IShID bronetransportini yo‘q qildi”, – deya xabar berdi Mudofaa vaziri Kevin Endryus.

Shu bilan birga, Avstraliya HHK jangarilarning ikkita texnika va neft obektiga zarba bergan.

Mamlakat samolyotlari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida har kuni parvoz qilayotgani ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish