Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 12:58 / 16.09.2015
4971
1 daqiqa o‘qiladi
Belarus dollardan foydalanishda cheklovlar joriy qildi
Belarus milliy banki aholi va yuridik shaxslar bilan hisob-kitob qilishda dollardan foydalanishni qisqartirmoqda. Bu haqda “Belarus segodnya” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, moliyaviy regulyator valyuta operatsiyalar o‘tkazish qoidalariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritgan. 16 sentabrdan boshlab yuridik shaxslar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan ko‘pgina qismi faqat Belarus rublida amalga oshirila boshlaydi.