Jahon | 00:50 / 16.09.2015
3222
2 daqiqa o‘qiladi

FT: Qozog‘iston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘sishi sur'atlari bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi

Rossiya iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 2015 yilning birinchi yarmiga ko‘ra o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46,12 foizga, ya'ni 2,8 mlrd dollargacha kamayib ketdi. Bu orada Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 289 foizga oshdi va deyarli Rossiyaniki bilan tenglashib oldi, ya'ni bu ko‘rsatkich 2,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Financial Times o‘zining fDi Markets bo‘linmasining ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda. 

Nashrning ta'kidlashicha, Rossiyadagi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik 154 ta davlatdan 97 tasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kamayishiga olib kelgan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘sishi sur'atlari bo‘yicha yuqori 5 ta davlat orasiga Qozog‘istondan tashqari Slovakiya (231,63 foiz, 1,7 mlrd dollargacha), Bosniya va Gertsegovina (228,8 foiz, 2,834 mlrd dollargacha), Hindiston (149 foiz, 30,6 mlrd mlrd dollargacha) va Tailand (135%, 4,07 mlrd mlrd dollargacha) kirdi.

Nashrning ta'kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmining kamayishiga xorijiy sanksiyalar, rublning qadrsizlanishi, iqtisodiy inqiroz, sanoat ishlab chiqarishining pasayishi, ishbilarmonlik muhitining yomonlashishi sabab bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish