Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HP 30 mingdan ziyod xodimlarini ishdan bo‘shatadi
Hewlett-Packard kompaniyasi faoliyati qayta tashkil etilayotgani (restrukturizatsiya) munosabati bilan xodimlar shtatini 25 ming nafardan 30 mingacha qisqartirishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.
Korporatsiya 2,7 mlrd dollar iqtisod qilinishiga olib keluvchi ikkita alohida kompaniyaga bo‘linadi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shtat qisqartishlariga birinchi navbatda kompaniya tarkibidagi turli xil xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar xodimlari duch kelishadi.
Hewlett-Packard kompaniyasi avvalroq muassasani ko‘rsatilayotgan xizmatlarga ko‘ra ikkiga bo‘lish rejasi sababli o‘z xarajatlarini 2 mlrd dollarga qisqartish mumkinligi to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Shu bilan birga, HP bosh moliyaviy direktori Tim Stounsayfer kompaniya qo‘shimcha ravishda 700 mln dollar iqtisod qilish usulini topganini ham aytib o‘tgan edi.