Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: General Nazarzodani Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh tumanlarida uchratishgan
Tojikiston Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduxalim Nazarzoda mamlakat kuchlari qidiruv olib borayotgan Romit darasidan tashqarida, deya xabar berdi TASS tojik OAV ma'lumotlariga asoslangan holda.
Jurnalistlarning xabar berishicha, Nazarzoda ayni paytda o‘z jangarilaridan ayrilib, yashirinishga ulgurgan. Uni O‘zbekiston bilan chegaradosh tumanlarning birida uchratishgan.
Bu haqda Nazarzodani mojarolar boshlangan vaqtdagina ko‘rgan hibsdagi jangarilar ko‘rsatmalarida ham aytiladi.
Bundan avvalroq esa Nazarzoda tarafdorlarini qo‘lga olish amaliyotlari chog‘ida to‘rt harbiyning halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Maxsus amaliyotlar vaqtida Nazarzodaning 22 nafar tarafdori o‘ldirilgan bo‘lsa, 110 nafar jangari qo‘lga olingan.