Iqtisodiyot | 11:32 / 16.09.2015
1920
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus turizm sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston turoperatorlari belaruslik hamkorlarini Samarqand va Buxoro shaharlariga taklif qilishdi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar qildi.

O‘z navbatida, o‘zbekistonlik soha mutaxassislari Belarusni Yevropaning an'anaviy dam olish zonalarining muqobili tarzida ko‘rmoqda.
“Mamlakatlarimiz o‘zaro turistik oqim almashish va ko‘paytirish borasida yaxshi imkoniyatlarga ega.

Biz eski turistik yo‘nalishlarni qayta tiklashimiz mumkin”, - dedi Belarus sport va turizm vazirligi milliy turizm agentligi direktori Grigoriy Pomerantsev.
Uning aytishicha, o‘zaro manfaatli aloqalarning yo‘lga qo‘yilishiga O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi vakolatxonasining Minskda ochilishi ham hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish