Jahon | 22:11 / 16.09.2015
3199
1 daqiqa o‘qiladi

Pushkov Yevropa Ittifoqidagi migratsion inqirozni Kaddafi va Asadni bombardimon qilish oqibatlari deb aytdi

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov o‘zining tvitterdagi blogida Yevropa Ittifoqi ro‘baro‘ kelgan migratsion muammo Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining va Bashar Asadning qulatilishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda, deb aytdi.

“Yevropa Ittifoqida muhojirlarga qarshi to‘siqlar qurishmoqda, otliq politsiyani qarshi qo‘yishmoqda, ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llashmoqda. Kaddafini bombardimon qilish va Asadni qulatish kerak emas edi”, deb aytilmoqda xabarda.

Rossiya Suriyadagi fuqarolik urushi tashqi aralashuvlarsiz, mamlakatning o‘z aholisi tomonidan hal qilinishi kerak, degan fikrni yoqlamoqda. Bundan tashqari, Moskva Bashar Asadni Suriya prezidenti lavozimidan qulatilishiga qarshi chiqmoqda. AQSh Rossiya hukumati tomonidan Asadning qo‘llab-quvvatlanishi mojaroning keskinlashishi va kengayishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish