Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:10 / 16.09.2015
3988
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Sochida Lukashenko va Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi Kremlning rasmiy sayti.
Aytilishicha, uchrashuv Putinning Sochidagi “Bocharov Ruchey” qarorgohida o‘tkazilgan.
Nazarboyev Sochiga XII Rossiya va Qozog‘iston mintaqaviy hamkorligi forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.