Jahon | 20:52 / 16.09.2015
4552
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Milliy banki bozorni baqarorlashtirish maqsadida valyuta intervensiyalarini o‘tkazishga qaror qildi

Qozog‘iston Milliy banki ichki bozordagi vaziyatni baqarorlashtirish maqsadida 16 sentabrda valyuta intervensiyalarini o‘tkazdi, deb ma'lum qildi Milliy bank matbuot xizmati.

16 sentabrda Qozog‘iston fond birjasida ertalabki savdolar paytida tengening o‘rtacha kursi bir dollar uchun 283,98 tengeni tashkil qildi. Bu o‘tgan savdolar paytidagidan 2,5 foiz kamroqni tashkil qildi. Ertalabki savdolar paytidagi oxirgi kurs bir dollarga 290 tengegacha ko‘tarilib ketdi. Kunduz kuni bir dollarga 284 tenge berildi, biroq kun mobaynida dollar kursi 300 tengegacha chiqib ketdi.

“Valyuta bozori ishtirokchilarining olibsotarlik operatsiyalari tufayli tenge kursining sakrashi ortishi sababli Qozog‘iston Milliy banki 2015 yil 16 sentabrdan ichki valyuta bozoridagi vaziyatni baqarorlashtirish maqsadida valyuta intervensiyalarini o‘tkazishga qaror qildi”, deyilmoqda xabarda.

Matbuot bayonotiga ko‘ra, Qozog‘iston Milliy bankining 16 sentabrdagi valyuta intervensiyalari hajmi 144 mln AQSh dollarini tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish