Sport | 16:38 / 16.09.2015
1457
1 daqiqa o‘qiladi

Rudi Garsiya: "Barselona"dan ochko tortib olishga harakat qilamiz

"Roma" jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya YeChLning ilk turida "Barselona"ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

U o‘z jamoasi bu o‘yinga bor kuchini tashlashi va raqib kuchliligiga qaramasdan hujumkor o‘yin ko‘rsatishiga va'da bergan.

"Barselona" turnirning amaldagi chempionlari hisoblanishadi. Agar ularni "dunyoning eng kuchli jamoasi" deyishimga rozi bo‘lmasangiz, "dunyoning eng kuchli jamoalaridan bittasi", deya qolaman. Lekin biz ham guruhdan chiqishni istaymiz. Guruhdagi 6 o‘yindan birinchisida ochko olishga harakat qilamiz", deydi Garsiya UYeFA sayti uchun bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, "Roma" va "Barselona" bahsi Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi va UzReport kanali orqali translyatsiya qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish