Jahon | 08:50 / 16.09.2015
1678
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin 25 sentabr kuni Vashingtonga xizmat safari bilan boradi

XXR raisi 25 sentabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashish uchun rasmiy tashrif bilan Vashington shahriga boradi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

“Rais Sining tashrifi — global, mintaqaviy va boshqa o‘zaro manfaatlarga oid bir qator masalalarda AQSh va Xitoy hamkorligini kengaytirish imkoniyatidir”, – deya xabar qildi Oq uy.

Shu bilan birga, Xitoy va Amerika yetakchilari ikki mamlakat o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lgan sohalar yuzasidan ham konstruktiv muhokamalar olib borishadi.

Qayd etilishicha, 25 sentabr kuni kechqurun Xitoy yetakchisi o‘z turmush o‘rtog‘i bilan Obama juftli ishtirokidagi rasmiy tushlikka tashrif buyuradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish