Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 20:06 / 16.09.2015
2574
1 daqiqa o‘qiladi
Xonqada niqobli bosqinchi ming dollar o‘g‘irlab ketdi
Xorazm viloyatining Xonqa tumanida niqobli shaxs tomonidan bosqin sodir etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, noma'lum shaxs Ma'mura ismli yolg‘iz ayolning uyiga yarim tunda bostirib kirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, ming AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Bu voqea yuzasidan Ma'mura tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchi bir kun ichida qo‘lga olindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish