Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XXR yetakchisi Vashingtonda o‘zining mustaqil siyosat yuritishini ko‘rsatadi
XXR raisi Si Tszinpin 22-25 sentabr kunlari AQShga uyushtiriladigan birinchi safari chog‘ida AQSh hukumatiga Xitoy mustaqil tashqi siyosat yuritishini aniq-ravshan ko‘rsatmoqchi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Van I matbuot anjumani chog‘ida aytib o‘tdi.
Shuningdek, u Xitoy tinchlik yo‘lidan rivojlanishni istashi, dunyoda hukmronlik uchun bahsga kirmasligini ta'kidladi. Shu bilan birga, mamlakat har doim mustaqil tashqi siyosat yuradi va boshqa kuchlarning manfaatlariga qarab ish tutmaydi.
“AQSh yetakchilari bir necha bor kuchli va mustaqil Xitoyni ko‘rishni istashlarini e'tirof etishgan edi. Ularning xatti-harakatlari shu so‘zlarga muvofiq keladi degan umiddamiz”, - dedi Van I.