Jahon | 09:20 / 16.09.2015
1785
1 daqiqa o‘qiladi

Yutada toshqin yuvib ketgan mashinalarda 12 kishi halok bo‘ldi

AQShning Yuta shtatida bir qancha avtomobillar suv oqimi bilan daryoga olib ketildi, buning oqibatida 2ta mashinadagi 12 kishi halok bo‘ldi. 3 kishi qutqarib qolingan, 1 kishi dom-daraksiz ketgan, deb xabar beradi Fox Salt Lake City nashri.

Aytilishicha, mashinalardan birida oila a'zolari bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Toshqin hududida 650 qidiruv va qutqaruv guruhlari ishlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish