Sport | 00:12 / 17.09.2015
2005
1 daqiqa o‘qiladi

Diyego Maradona: Blatter Platinini faqat o‘g‘rilikka o‘rgatgan bo‘lishi mumkin

Argentina futbol terma jamoasining sobiq yulduzi, afsonaviy Diyego Maradona navbatdagi gal FIFA prezidenti Yozef Blatter va UYeFA prezidenti Mishel Platinini tanqid qildi.

“Men bularning barchasidan chetdaman, chunki Blatter men uchun barcha eshiklarni yopib qo‘ygan. Men o‘g‘rimasman, Blatter esa futbolga ko‘plab ziyon yetkazgan. Endi bo‘lsa Platini bilan birga – bu maynabozchilikdan boshqa narsa emas. Ulardan biri o‘zini FIFA, biri UYeFA rahbaridek ko‘rsatmoqda. Aslida ular hamisha yonma-yon boradilar. Blatter Platiniga o‘rgatgan yagona narsa o‘g‘rilik qilishdir.

Agar Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn FIFA prezidenti lavozimini yutsa, unda men vitse-prezident bo‘laman”, deb aytdi Maradona Neapolning PiuEnne telekanali efirida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish