Sport | 19:51 / 17.09.2015
1949
1 daqiqa o‘qiladi

Florentino Peres: Biz Moratani mavsum oxirigacha Madridga qaytarishimiz mumkin

"Real" jamoasi prezidenti Florentino Peres "Yuventus"da o‘ynayotgan asli madridlik yosh hujumchi Alvaro Morata atrofidagi gaplarga munosabat bildirdi.

"Biz Moratani "Real"ga qaytarishimiz mumkin. Buning uchun Morata uchun bizga "Yuventus" to‘lagan puldan 10 mln dollar ko‘proq sarflashimizga to‘g‘ri keladi", deydi Peres.

Ma'lumot uchun, 2014 yilda Morata "Yuventus"ga 22 mln yevro evaziga transfer qilingandi.

Morata esa o‘tgan mavsumda ham, yangi mavsumda ham yorqin o‘yinlar namoyish etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish