Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Formula-1da 8 yildan buyon birinchi marta amerikalik ishtirokchi bo‘ladi
Amerikalik poygachi Aleksandr Rossi Formula-1 musobaqasining qolgan 5 bosqichida ispaniyalik Roberto Merining o‘rniga ishtirok etadi. U Gran-prida 8 yildan buyon ishtirok etgan birinchi amerikalik sportchi bo‘ladi.
Rossi ushbu mavsumda GP2 seriyasida ishtirok etmoqda. Ushbu musobaqaning 11 bosqichidan 9tasi Formula-1 bilan bitta maydonda o‘tkaziladi. Shu bois u Rossiya va Abu Dabidagi Gran-prilarda qatnasha olmaydi.
Amerikalik sportchining debyuti 2014 yildayoq bo‘lib o‘tishi mumkin edi, ammo ayrim sabablarga ko‘ra ortga surildi.
Formula-1da ishtirok etgan oxirgi amerikalik bo‘lib hozircha 2007 yilda poygada qatnashgan Skott Spid bo‘lib qolmoqda. U 10 poygadan 3tasinigina oxiriga yetkazgan bo‘lib, eng yaxshi natijasi Monako Gran-prisida 9-o‘rin bo‘lgan edi.