Sport | 16:35 / 17.09.2015
2390
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino "Makkabi" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘zini fantastik murabbiy sifatida atadi

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino YeChLning birinchi turida "Makkabi"ga qarshi Londonda kechgan o‘yinda (4:0) qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘ziga yuqori baho berdi.

"Shunday odamlar borki, ularni o‘tmishdagi yutuqlari uchun ham qadrlashadi. Masalan, Runi oxirgi mavsumlarda juda yomon o‘ynadi, biroq shunga qaramay Angliya tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi. U gol ursayam, urmasayam, muxlislar uchun fantastik futbolchi hisoblanadi.

Men esa, g‘alaba qozongan va mag‘lubiyat uchragan paytlarimda ham fantastik murabbiy bo‘lib qolaveraman. Siz barchasi juda oddiy deb o‘ylashingiz mumkin, biroq aslida bunday emas. Ekspertlar katta miqdordagi maoshlarni arzimas gaplarni aytgani uchun olmaydi. Ular o‘z tahlillari bilan daho bo‘lishlari lozim, aks holda olayotgan pullariga loyiq emas.

Muxlislar uchun esa bizni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilish juda oson. Ular: "biz APLda to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdik, ularning uchtasini uning jamoasi bilan. Bu yomon yigit emas.

Kelinglar, uni qo‘llab-quvvatlaymiz va beshinchi sovrinini qo‘lga kiritishga yordam beramiz", deb o‘ylasalar kifoya»– dedi Mourino.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish