Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 5.6 mlrd dollarlik energoloyihalar amalga oshiriladi
“O‘zbekenergo” kompaniyasi o‘rta istiqbolda energiya ishlab chiqaruvchi obektlarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha 21ta loyihani amalga oshiradi. Loyihalar dasturi 2016-2022 yillarga mo‘ljallangan. Ularning umumiy qiymati, 5.64 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Bu ma'lumotlarni kompaniya energetik rivojlanish boshqarmasi rahbari Ravshan Ortiqov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan UzEnergoExpo-2015 xalqaro ko‘rgazmasi chog‘ida jurnalistlar bilan muloqotda keltirdi.
Aytilishicha, investitsiyalarning umumiy hajmidan xorijiy kiritmalar va kreditlar 3.14 mlrd dollarni, O‘zbekiston qayta tiklanish va rivojlanish fondi mablag‘lari 1.1 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Dastur 3.82 ming mVt hajmidagi quvvat ishlab chiqaruvchi obektlar, shu jumladan, 3.7 ming mVt issiqlik energetikasi, 22.5 mVt gidroenergetika, 200 mVt quyosh energetikasi obektlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.