Jahon | 12:20 / 17.09.2015
4125
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Ukraina madhiyasiga hurmatini o‘ziga xos tarzda ko‘rsatdi

Odessa hokimi, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixeil Saakashvilining Ukraina madhiyasini sipolik bilan tinglab turishi qayd qilingan videolavha internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videolavha “112” telekanali tomonidan tarmoqqa joylashtirildi.
“Pyotr Poroshenko bloki” partiyasining Kiyevdagi s'yezdi chog‘ida Saakashvili jurnalistlarga intervyu berayotgan edi. Intervyu chog‘ida orqa fonda Ukraina madhiyasi jaranglay boshladi. Odessa hokimi so‘zida adasha boshladi, bir necha marta kulib qo‘ydi, so‘ng sukutga cho‘mib, bo‘shliqqa nigoh tikkancha madhiyaning yakunini kuta boshladi.

Videolavha turlicha baholandi. Ayrimlar hokimning g‘alati xatti-harakatlaridan kulgan bo‘lsa, boshqalar bunda Ukraina davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni ko‘rdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish