Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:16 / 17.09.2015
2874
1 daqiqa o‘qiladi
Tayvanda 25 kishi denge bezgagi qurboniga aylandi
Tayvanda 25 kishi denge tropik bezgagidan vafot etdi, kasallikka chalinganlar soni esa 10 ming nafardan oshdi, deya xabar bermoqda TASS.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, har kuni iskaptopar chivinlardan kasallikni yuqtirib olganlar soni yuzlab nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikka chalinish holati Tayvan janubi-g‘arbidagi Gaosyun port shahrida eng ko‘p qayd etilmoqda.