Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyalik telejurnalistdan jabrlangan suriyalik muhojirga Ispaniyadan ish topildi
O‘tgan haftada qizi bilan Serbiyadan Vengriyaga noqonuniy ravishda o‘tish chog‘ida politsiyachilar ta'qibidan qochayotgan muhojir, mahalliy jurnalistlardan biri tomonidan chalib yiqitilishi hodisasi katta shov-shuvlarni keltirib chiqargandi.
VVS nashrida ma'lum qilinishicha, o‘sha voqea jabrlanuvchisi, suriyalik sobiq futbol murabbiyi ishga qabul qilish bo‘yicha taklif olgan.
Aniqlik kiritilishicha, Usama Abudul Muhsin ismli bu muhojir va uning oilasiga Madriddan boshpana hamda CENAFE futbol maktabidan ish taklif qilingan.
Ayni vaqtda Muhsin Madridga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisa ishtirokchilaridan biri, qizini ko‘tarib chopayotgan muhojirni chalib yiqitgan Petra Lasko bu qilmishi uchun uzr so‘ragan.
Lekin u o‘zi ishlaydigan N1TV telekanalidagi ishidan ayrilgan.