Texnologiya | 21:02 / 18.09.2015
3301
2 daqiqa o‘qiladi

“Mersedes” 12 silindrli motorga ega superkar yaratadi

“Mersedes”ning AMG atelesi 12 silindrli motor bilan ta'minlanuvchi superkarni ishlab chiqish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda o‘zining manbasiga iqtibos keltirgan holda Autoblog onlayn-nashri ma'lum qildi.

Benzinli motor elektr agregat va akkumulyator to‘plamini o‘z ichiga oluvchi gibrid kuch qurilmasi tarkibiga kiradi. Yangi mashina “Mersedes” modellar qatorida AMG GT kupesidan bir pog‘onaga yuqoriroqni egallaydi.

Model “nemis markasi tarixidagi eng tez mashinaga” aylanadi. Misol uchun, AMG GT’ning 510 ot kuchiga ega, ikki turbinali 8 silindrli eng tezkor versiyasi 100 km/soatga 3,8 soniyada erishishi, maksimal tezligi esa 310 km/soatni tashkil qilishi mumkin.
Avvalroq AMG rahbari Tobias Moers atele hozirdagi 6 litrli 12 silindrli tvin-turboni o‘zining gibrid kuch qurilmasi tarkibida ishlatish uchun sezilarli modernizatsiya qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan edi. Yozda Daimler konsernining tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limi boshlig‘i Mercedes-AMG ilk gibridli mashinalarini 2020 yilga qadar chiqarishini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish