O‘zbekiston | 12:24 / 18.09.2015
2101
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilning so‘nggiga qadar Jizzaxda 47 kilometrlik yo‘l qayta quriladi

2015 yili Jizzax viloyatida 47 kilometr yo‘l qayta qurilishi, 12 kilometr yo‘l esa to‘la ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi "2015 yilda O‘zbekiston Respublikasidagi Investitsiya dasturi to‘g‘risida"gi Qarori ijrosi yuzasidan M-39 "Olma-ota-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tgan 47 km qismida to‘la ta'mirlash olib borilmoqda. Jumladan, M-39 avtomobil yo‘lining Jizzax va G‘allaorol tumanlari hududidan o‘tuvchi 982-1017 va 1025-1037 kilometrlari oralig‘idagi ishlar yil oxiriga qolmasdan yakuniga yetadi, deb xabar beradi "O‘zavtoyo‘l" DAK axborot xizmati.

"Jizzaxavtoyo‘l" hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori Rustam Xoliqovning bergan ma'lumotiga ko‘ra, M-39 avtomobil yo‘lining viloyatdagi 950-962 kilometrlari oralig‘ida, ya'ni 12 km yo‘ldagi to‘la ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish