O‘zbekiston | 18:09 / 18.09.2015
4092
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yili O‘zbekistonda 6 ming km optik tola o‘tkaziladi

2015-2017 yillarda O‘zbekistonda 6.1 ming km l optik tolali aloqa tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda respublika axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi ma'lum qildi.

Sputnik agentligining keltirishicha, bu hajmning 1.8 km li qismi shu yilning o‘zida amalga oshiriladi. Ta'kidlanishicha, yilning birinchi yarmida keng telekommunikatsiya tarmoqlari hajmi 85.9 ming portga ko‘paytirilib, ularning umumiy miqdori 699.3 mingga yetkazilgan. Buning natijasida abonentlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 foizga ko‘paygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish