Texnologiya | 15:39 / 18.09.2015
3106
1 daqiqa o‘qiladi

Amazon 50 dollarga planshetli kompyuter chiqaradi

Amazon kompaniyasi 49.99 dollar turadigan yangi planshetli kompyuterni sotuvga chiqarishini ma'lum qildi. U 30 sentabr kuni bozorda bo‘ladi.
“Biz bozorga nihoyatda arzon narxdagi kuchli planshet chiqaramiz”, - deyiladi kompaniya tarqatgan xabarnomada.

Mahsulotning xaridorgirligini ta'minlash uchun kompaniya imtiyoz aksiyasini e'lon qildi. Unga ko‘ra, 5ta yangi kompyuter sotib olgan mijoz 6-siga bepul ega bo‘ladi.
Planshetning negiz funksiyalari sirasiga matnlar, videomateriallar ko‘rish, audio eshitish va videoo‘yinlar o‘ynash kiradi. Bunda asosan Amazon’ning o‘z xizmatlari mahsulotlari ustuvor ko‘riladi.

Portativ kompyuter 4 yadroli protsessor v 8 GB o‘rnatilgan xotiraga ega. Xotirani 128 GBgacha kengaytirish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish