Jahon | 11:00 / 18.09.2015
3744
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: AQSh va Yevroittifoq Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytiradi

Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi yuzasidan ijobiy o‘zgarishlar yil so‘ngiga qadar kuzatilmasligi sababli Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirishga hozirlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi Bloomberg.

“Normand to‘rtligi” mamlakatlari — Fransiya, Germaniya, Ukraina va Rossiya yetakchilari 2 oktabr kuni Parijda Minsk kelishuvi muddatlarini uzaytirish masalasini muhokama qilishadi. Tinchlik shartnomasi muddatlarining uzaytirilishi esa sanksiyalar saqlanib qolinishini anglatadi.

Bloomberg`ning qayd etishicha, ukrain tomoni tinchlik kelishuvi doirasida majburiyatlar bajarilishi uchun muddatlarning uzaytirilishiga qarshi.

AQSh davlat kotibi yordamchisi Viktoriya Nuland ham o‘tgan hafta Kiyevda Rossiyaga nisbatan munosabat 2015 yil fevral oyida imzolangan Minsk shartnomasi to‘liq amalga oshmaguncha saqlanib qolishini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish