Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yeva Karneyro ishga "Chelsi"da ishlashni davom ettiradigan bo‘ldi
"Chelsi" klubi vrachlari Yeva Karneyro va Yon Firn yaqin vaqt ichida jamoaga qaytadigan bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u shanba kuni "Arsenal" bilan o‘yinda jamoa zaxira o‘rindig‘idan joy oladi.
O‘tgan haftada "Chelsi" ular bilan muzokara o‘tkazib, hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, klub bosh murabbiyi Joze Mourino va Yeva Karneyro o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojaro tufayli shifokor jamoa ishtirokidagi o‘yinlar, mashg‘ulotlar va boshqa tadbirlardan chetlatilgan edi.
Joze Mourino o‘z navbatida Karneyroni futbolni tushunmaslikda va jamoa bir kishi kam bo‘lib qolgan vaziyatda jarohat olgan futbolchiga yordam berish uchun maydonga tushib, tarkib yanada kuchsizlanishiga sabab bo‘lishda ayblagan edi.
Biroz oldinroq, "Chelsi" klubi futbolchilari va xodimlari shifokor Yeva Karneyroni ishdan chetlatgani uchun bosh murabbiy Joze Mourinodan norozi bo‘lishayotgani xabar qilingandi.