Jamiyat | 17:09 / 18.09.2015
1535
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik dirijyor Toshkentda konsert beradi

O‘zbekistonning “So‘g‘diyona” xalq asboblari davlat orkestrining 3 oktabr kuni Toshkentda konsertiga fransiyalik dirijyor Faben Teeriksen boshchilik qiladi. Kontsert dasturi O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida o‘tkaziladi.

Fransiya elchixonasining tashabbusi bilan taqdim qilingan loyiha ikki musiqiy an'ana hamkorligining o‘ziga xos tajribasi bo‘ladi. Kontsert dasturi fransuz klassiklari amo, Bize, Massne, Ravelya, Sen-Sansa ijodi namunalaridan iborat bo‘ladi. Ular maxsus ravishda o‘zbek xalq cholg‘ularida ijro etiladi.

Faben Teeriksen Fransiyaning bir qator orkestrlarida dirijyorlik qilish bilan birga, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Vengriya, Rossiya, Qozog‘iston va Xitoydagi ko‘plab loyihalarda ishtirok etgan.

Kontsertga kirish bepul. Chiptalarni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan olish mumkin. Manzil: Istiqbol ko‘chasi, 25,100047 Toshkent, (+998 71) 233 53 82 /233 53 84 hamda [email protected].

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish